Bosh sahifa / Foydali / Foydali maqolalar / Salohiddin Yoqubov: Dasturlashdan charchadingiz , zerikdingiz va motivatsiyangiz tushib ketdimi?

Salohiddin Yoqubov: Dasturlashdan charchadingiz , zerikdingiz va motivatsiyangiz tushib ketdimi?

9
2

Xayrli kun hurmatli dasturchilar. Sizlar bilan yana men tweet.uz blogiman. Mening xo’jayinim Salohiddin  Yoqubov (@Webdizayner) ko’pchilikni kuzatdi, u kishining kanallaridan juda ko’pchilik motivatsiyasi tushib ketgani haqida Salohiddin akaga yozayotgan ekan. U kishi menga bular haqida aytib berdilar va o’zlarining tavsiyalarini berdilar.. Demak boshladik

Salohiddin Yoqubov: Dasturlashdan charchadingiz va motivatsiyangiz tushib ketdimi?
Salohiddin Yoqubov: Dasturlashdan charchadingiz va motivatsiyangiz tushib ketdimi?

Dasturlash uchun bo’lgan qiziqishni, extirosni yo’qotib qo’ydingizmi? Bu vazifangizni bajarish uchun motivga ta’sir qiladimi? Loyihalarni tugatish qiyinmi? “HA” deb javob berdingizmi? Unda sizga ajoyib bir xushxabarni yetkazmoqchiman. Bunday vaziyat faqatgina sizga emas, balki barcha bo’lajak va hattoki professional dasturchilarga ham yuz beradigan holatdir!

Tasavvur qiling sizning uyingizda chiroq o’chib qoldi. Siz bu vaziyatda qorong’ilikda qolib ketasizmi? Demak siz ruhan irodasiz inson ekansiz! Shaxsan men sha’m yoki lampa (fonar) yoqib o’z yo’limni o’zim yoritgan bo’lardim va shunday qilaman ham…. Bu oson bo’lmasligi mumkin, lekin bu mumkin. Agar shoshilmasangiz, hamma narsa yaxshi bo’ladi.

O’zingizga o’xshagan dasturchilar bilan vaqt o’tkazing, suhbatlashing (Masalan men bilan @Webbdizayner )

O’zingizni o’zingiz stress xolatiga tushirib qo’yish, bu o’zingizga eng katta dushmanni o’z ichingizda yaratishdir! Atrofingizdagi quvnoq va shijoatli dasturchilar sizni ruhlantirish vazifasini bajaradi. Nima siz zaifmisiz? Siz tushkunlikka, sabrsizlikka va boshqa shunga o’xshash insonni sindiradigan kuchlarga o’zingizni yengdirib qo’yasizmi? Unda be’malol, yengiling, sinib keting. Bilasizmi nega? Siz bilan birga bu kasbni egallashga kirishganlar bir kun kelib havas qilishingiz uchun, bir umr armonda o’tishingiz uchun. Siz bir umr azob chekasiz..

Esingizda bo’lsin, maqsad bu o’zingizni judayam tushkun kayfiyatingizni boshqalarga ham ulashish emas, balki ulardagi jonli jo’shqin kayfiyatni ulardan olishdir. Faqatgina shundagina  siz ko’zlangan maqsadga erisha olasiz..

Ko’pgina hollarda, motivatsiya zerikish tufayli tushib ketadi. Uzoq vaqt davomida dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi sifatida ishlayotgan bo’lsangiz, ishingiz zo’r bo’lgan bo’lsayu, birdaniga omad ketib qolsa. Bunday vaziyatlar insonni eng sindiradigan vaziyatlardir. Eng qo’rqinchli irodaning sinishi aynan shunday holatda ro’y beradi. Sababi sizda loyiha yo’q, demak daromad yo’q. Daromad bo’lmadimi  kayfiyat yo’q. Bu esa sizga xuddi og’ir damlar boshlanganday tuyuladi. Ha shunday, og’ir davrlar boshlangan sizda. Ammo bir narsani unutmang.. Alloh bu shunday kuchki, hammaga omad va omadsizlik ham beradi. Omad kelganda o’zini katta tutib, bilganini o’rgatmay, bilimini yashirib, hammaning ustidan kulib, mensimaslik holatlari yuz bersa, sizdan omad aniq ketadi(qaytmaydigan bo’lib). Ammo siz mutloqo yaxshi inson bo’lsangiz, hammaga yordam qo’li cho’zadigan bo’lsangiz-u, sizda shunda ham omadsizlik yuz bersa, u holda sizni alloh sinamoqda. Ruhiyatingizni, sabr-toqatingizni, insoniyligingizni…. Ishingiz ozgina yurishmasa, sabrsizlik qilib, biror ish qilib qo’yish kerak emas, zeroki so’nggi pushaymon o’zingga dushman… Bor imkoniyatlaringizdan foydalanib, o’zingizni qayta ko’tarish uchun  harakat qiling. Bu oson bo’lmasligi aniq, Ammo buning imkoni bor. Zeroki har qanday masalani yechadigan algoritm mavjud. Faqatgina uning formulasini topish kifoya…….

Agarda siz birorta kompaniya yoki firmada ishlasangiz, unda menejeringizdan sizni boshqa bo’limga o’tkazishini so’rang,  Balki sizning imkoniyatlaringiz boshqa loyihalarda yana ham namoyon bo’lar? Balki sizning imkoniyatlaringiz va xoxish istagingiz boshqa loyihaga mosdir.

Biroz muddat shunchaki dasturlashdan vos keching va kompyuteringizga turli o’yinlar o’rnating. Yoki umuman boshqa nimalardir o’ylab toping. (Shaxsan mening ofisimda pianinio qo’yilgan, zerikkanimda, charchaganimda pianino chalib, miyamni dam oldiraman)

Yaxshi raqobat – siz qandaydir dasturchini o’zizga raqobatchi deb biling va aynan o’sha dasturchidan o’tib ketishga harakat qiling. Ko’p hollarda bunday vaziyatlar insonga “Men undan yuksalishim kerak. Uning mana bunday loyihasi bor, menda  esa undan ham kuchliroq loyiha bo’lishi kerak” deb o’zingizni o’zingiz sirli jangga jangchi qilib tarbiyalang. Kurash maydoniga kuchli raqib bilan ringga tushsangiz, u holda ancha kuchga to’lasiz. Faqat extiyot bo’ling, raqibingizni yenga olmasangiz ham motivatsiya tushib ketishi mumkin

Eng oxirgi tavsiyam shunday: Men 1 yil oldin, bir kun kelib, Butun O’zbekistonga loyihasi tarqaladigan inson bo’laman deb o’ylamagandim. Shu vaqtgacha 5 yil davomida umuman natijasizlikda ishladim, umuman hech qanday daromad olmadim. Ammo oxirgi yilni o’zidagi daromadim bilan yangi bizneslar boshlab oldim…

Salohiddin Yoqubov / 23-dekabr  BUXORO

9
2

Haqida Salohiddin Yoqubov

Web dasturchi, o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi (respublika bo'ylab tarqalgan), OOO "BUXORO DASTURLASH MAKTABI" rahbari

Bundan tashqari

Localhost hosil qilish uchun denwerni kompyuterga o'rnatish

Localhost hosil qilish uchun denwerni kompyuterga o’rnatish

00Denwer – bu Windows tizimidagi kompyuterlar uchun local serverda sayt yaratish uchun ajoyib dastur ya’ni …