Bosh sahifa / Foydali / Foydali saytlar / Dasturlash borasidagi savollaringizga hech kim javob bermayaptimi? Muammoni hal etamiz

Dasturlash borasidagi savollaringizga hech kim javob bermayaptimi? Muammoni hal etamiz

4
2

Assalomu Aleykum hurmatli tweet.uz blogi a’zolari! Sizlar bilan yana men, Salohiddin Yoqubov bo’laman. Mening ijtimoiy tarmoqlardagi akkountlarimda turli insonlar “nega chet elda sifatli savol-javob portali boru, bizda esa yo’q? Nega sizlarga o’xshagan qo’lidan keladigan insonlar shunday ishni amalga oshirmaysizlar? Nahotki xalqqa yordam berish siz uchun shu qadar qiyin bo’lsa?” deyishdi. Men ularga bir necha savol-javob saytlari borligini aytdim. Ular esa qandaydir norozi ohangda. Xalq manfaatlari biz uchun birinchi o’rinda! Biz doimo mana shu o’zbek xalqi deb yashayapmiz, izlanayapmiz, o’qiyapmiz, loyihalar yaratayapmiz. Ammo shunda ham xalq bizdan anchagina norozi. Demak biz bundan ham ko’proq ishlashimiz kerak.

Barcha fikrlarni hisobga olgan holda Savol-javob loyihasiga asos solishga qaror qildim. Oldingi savol-javob loyihalaridagi asosiy kamchiliklarni bilaman. Shu kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etishga harakat qilaman. Bilaman bu ish judayam qiyin albatta, sababi har bir ishning o’z mashaqqati va o’z qiyinchiliklari bor. Ammo shu qiyinchiliklar bor deb, xalqimiz xoxish istaklarini bajarmasak, qanday inson bo’libmiz? Prezidentimiz trillion dollarlik loyihalarni qo’rqmasdan qilayotgan bir paytda, biz o’zimiz qo’limizdan keladigan loyihani nega ortga surishimiz kerak?

Hurmatli xaqlim! Men Salohiddin Yoqubov sizlarga shuni va’da beramanki, bir necha kunlardan so’ng, sizlarga ajoyib savol-javob tizimini to’liq taqdim etaman. Keyinchalik o’sha savol javob tizimi orqali siz o’zingiz bilmaganingizni so’raysiz, bilganingizga javob berasiz. Har doim aktiv bo’lsangiz, vaqti-vaqti bilan rag’batlantirib borilasiz. Hattoki pul mukofotigacha…… Albatta gap pulda emas, eng muhimi O’zbekistonda ham stackoverflowga o’xshagan forum albatta tuzamiz…..

Maqola va loyiha haqida fikr mulohazalaringizni kommentariyada albatta yozib qoldiring…. Bu biz uchun judayam muhim

Salohiddin Yoqubov / 18-dekabr     Buxoro

 

4
2

Haqida Salohiddin Yoqubov

Web dasturchi, o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi (respublika bo'ylab tarqalgan), OOO "BUXORO DASTURLASH MAKTABI" rahbari

Bundan tashqari

Webdizaynerlar uchun eng ajoyib servislar, dizaynlar va xomashyolar

Webdizaynerlar uchun eng ajoyib servislar, dizaynlar va xomashyolar

00Flat office vector icons 50 company line icons Colorful icons set Humongous 80k iPhone icons …