Bosh sahifa / Web dasturlash / PHP / PHP 8: Pythondan tezroq, NodeJs kabi asinxron, C++ kabi kompilatsiya qila olish qobiliyati…

PHP 8: Pythondan tezroq, NodeJs kabi asinxron, C++ kabi kompilatsiya qila olish qobiliyati…

13
1

Assalomu Aleykum hurmatli blogimiz o’quvchilari. Bir necha kundan  beri tinimsiz dasturlash tillarining yangi versiyalari nima bo’lar, qanday bo’lar ekan degan savollarga javob izlayapmiz. Hozir PHPning 8-avlodi bo’lmish, PHP 8 haqida so’z yuritmoqchimisiz…..

Yaqin yillarda PHP 8 taqdim etilishi kutilmoqda.
Yaqin yillarda PHP 8 taqdim etilishi kutilmoqda.

PHPning 8-versiyasi haqida afsonalar allaqachon bizgacha yetib kelib ulgurdi. Ammo ularni haligacha umumlashtirganimiz yo’q! Mana shu vazifani tweet.uz blogi mualliflari o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi… Yangi avlod PHP qanaqa bo’lishi haqida hozirda biror narsa deyish qiyin, ammo shuni aytish mumkinki, Zend Technologies korportasiyasi bu bo’yicha jiddiy tayyorgarliklarni olib bormoqda.

Yaqin yillarda PHP 8 taqdim etilishi kutilmoqda. PHP 8da misli kutilmagan bir nechta yangiliklar bor. Bulardan;

1. Asinxronlik – Node.js ni mashxur platforma qilgan Asinxron xususiyat endilikda PHPda ham bo’ladi. Albatta boshida barcha funksiyalarni to’liq asinxron ishlatish imkoniyati bo’lmaydi, ammo bora-bora barchasi amalga oshadi

2. Tezlik 3-4 barobarga tezlashadi (Bu borada Pythonni ortda qoldirishi kutilmoqda). Albatta bu shunchaki tahmin, yana kim biladi deysiz

3. JIT – Just-in-time compilation – C, Java, C++, C# dasturlash tillarining mashxurligini yana bir sababi, ularda interpretatsiya (o’sha vaqtning o’zida qayta ishlash) emas,. balki oldindan kompilatsiya qilib qo’yish edi. PHP esa interpretator, real vaqt rejimida qayta ishlaydi barcha ma’lumotlarni, shuni hisobidan qotardi. PHP 8da kompilatsion rejim bo’lishi kutilmoqda. Albatta bu real server uchun ancha og’irlik qiladi, ammo  o’sha vaqtda shunga mos serverlar ham bo’lsa kerak nazarimda

Menimcha tez orada PHP o’zining oltin davrlariga qaytadi va back-end bo’yicha  yana o’zini avtoritetligini qaytarib oladi…. Yana bilmadim….. Barchasini vaqt ko’rsatadi.

Salohiddin Yoqubov / 17-dekabr | Buxoro

13
1

Haqida Salohiddin Yoqubov

Web dasturchi, o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi (respublika bo'ylab tarqalgan), OOO "BUXORO DASTURLASH MAKTABI" rahbari

Bundan tashqari

PHPda sodda blog yaratish

#3 Videodars – PHPda blog yaratish | Maqolalar sahifasini yaratish

30Salohiddin Yoqubovdan videodarslar davom etadi. Ushbu darsda biz articles.php maqolalar sahifasini yaratamiz va ushbu sahifaga …