Bosh sahifa / Web dasturlash / HTML / HTML 6: SPA (single page application) . JavaScriptsiz turli web ilovalar yaratish yohud HTML JavaScriptni qotili bo’l

HTML 6: SPA (single page application) . JavaScriptsiz turli web ilovalar yaratish yohud HTML JavaScriptni qotili bo’l

14
1

SIERUS GROUP rahbari Yoqubov Salohiddin shunday deydi

Oxirgi 20-30 yildan beri HTML dasturlash tili yoki dasturlash tili emas degan savollar juda ko’pchilikni qiynab kelmoqda. To’g’ri HTML dasturlash tili emas, ammo HTM<L6da SPA (Single Page Application)ni JavaScriptsiz HTMLning o’zida yaratish imkoniyati taqdim etilar ekan, endi nima deysiz? Balki bora-bora qanaqadir dasturlash tili yoki Frameworkka aylanar HTML ham? Masalan 10-bosqichga borganida HTML 10 dasturlash tili…….

Rosti gap HTMLning kelajak taqdiri SEO, Analitik va web dasturchi sifatida menga ham qiziq. Ammo shunday holatlar bo’ladiki, kelajakni oldindan aytish xuddi osonday tuyuladi. 

Ushbu suhbat haqida o’qib, o’zim ham HTML 6 haqida ma’lumotlar to’plashga tushdim. Siz ham tanishib chiqing, albatta qiziqarli…

HTML 6: skriptlarsiz bir sahifali ilovalarni yaratish imkoniyati

Biz haligacha HTML 5ni o’rganib, ulgurmasimizdanoq W3C HTML6ni taqdim etishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Hozircha qachon chiqishi muhim  emas, asosiysi chiqadi.  Hozircha HTM6ga kod yozishga shoshilmaymiz. Sababi siz HTML6ga kod yozishga tayyor bo’lishingiz mumkin,  ammo brauzerlar buni qo’llashga hali yoshlik qiladi. (Brauzerlar HTML6ni qo’lllash yoki qo’llamasligini http://html6test.com saytidan aniqlashingiz mumkin).

HTMLning oltinchi versiyasi ham beshinchidan, beshinchidan – to’rtinchidan farq qiladi. Keyinchalik birlashtirilib, XML bilan yanada o’xshashlikka erishdi va yaqin kelajakda web-ilovalarni yaratish uchun ideal vosita bo’lishi mumkin. Ko’pgina web dasturchilar o’zlarining takliflarini oltinchi versiyadagi kodni qanday to’ldirish haqida World Wide Web Consortium-ga yuborganlar. Bularning barchasi eshitildi, tahlil qilindi va birlashildi. Natijada kod strukturasiga katta ta’sir ko’rsatadigan, yangi standartga ilovalar yaratish imkonini beradigan va yangi darajaga ko’taradigan XML uslubidagi teglar dunyosi paydo bo’ldi. Endilikda teglarni siz o’zingiz yaratasiz.

Tuzuvchi uchun qulaylik

HTML 6 standartining asosiy maqsadi – u bilan ishlaydigan kishi uchun qulaylik. Misol uchun, HTML5da semantika uchun yordamchi teglar allaqachon joriy etilgan: <nav>, <menu>, <time> va hokazo. HTML 6 da biz “XML” orqali yanada kengaytirib, ishlata olamiz.  agar <p class = “wrap”> oldindan foydalangan bo’lsangiz, endi uni <wrap> sifatida qo’llashingiz mumkin. Juda sodda va tushunarli. Internet do’kon uchun Savat (Корзина) xoxlaysizmi? Muammosiz:

HTML:5

HTML:6

HTML 6 – juda mavhum ko’rinishga ega bo’lgan ma’nosiz semantikani yo’qotish va ishlab chiquvchi intuitiv formatlash tilini taklif qilish uchun yaratilgan..

XULOSA

Menga bir narsa aniq,  HTML6 Javascriptni yo’q qilishga qaratilgan harakatdir. U allaqachon Javascriptsiz bir sahifali dastur yaratish imkoniyatini bera oladigan darajaga kelmoqda.

Ushbu HTML kodga bir qaraganda inson dasturlash tilini ko’rganday bo’ladi, ammo bu HTML 6 (Dasturlash tili bo’laman deb harakat qilayotgan gipermatnli til..)

Bir necha yil ichida HTML6 mustaqil dasturiy platformaga va hattoki dasturlash tiliga aylanadi va PHP, .NET va boshqa shunga o’xshash tillarni siqib chiqarishi ham mumkin(hozircha bu gap kulgili bo’lishi mumkin, ammo HTML 7, HTML8da bizni nimalar kutayotganini bilmaymiz-ku axir….). Sizga mening maslahatim, hozirdanoq o’rganishni boshlang, anchagina oldinda bo’lasiz atrofdagilardan…

 

Maqolani Suxrob Hakimov yozdi

14
1

Haqida Salohiddin Yoqubov

Web dasturchi, o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi (respublika bo'ylab tarqalgan), OOO "BUXORO DASTURLASH MAKTABI" rahbari

Bundan tashqari

Birinchi HTML 5 sahifa

Ilk HTML 5 sahifani tayyorlash

00Ushbu darsimizda biz ilk HTML sahifani tayyorlashni o’rganib chiqamiz. Buning uchun bizga avvalambor HTML 5 …