Bosh sahifa / Optimizatsiya / Qidiruv tizimlari / #1: Saytdagi kiruvchilar soni(trafik)ni oshirish: SEO asoslari va taqiqlangan texnikasi

#1: Saytdagi kiruvchilar soni(trafik)ni oshirish: SEO asoslari va taqiqlangan texnikasi

15
2

Barchaga ma’lumki, web texnologiyaga mo’ljallangan saytlar O’zbekistonda anchagina.. Ularning hammasida bir gap “Qanday qilib o’z saytingizni yaratishingiz mumkin?” Ammo masalaning boshqa tomonlari ham bor. saytni ishga tushurishni o’zi bilangina sayt yurib qolmaydi. Uni ishga tushurish – bu  murakkab bir safarning boshlanishi xolos. Agar siz o’zingizning vazifangizni chindan ham topish va amalga oshirishni istasangiz, qidiruv tizimlarida uni reklama qilish orqali sayt trafikini oshirishingiz kerak. Biz maqolada SEO asoslari va sizning saytingiz qidiruv natijalaridan olib tashlanishi mumkin bo’lgan noqonuniy usullar haqida gapiramiz.

#1:  Saytdagi kiruvchilar soni(trafik)ni oshirish: SEO asoslari va taqiqlangan texnikasi
#1: Saytdagi kiruvchilar soni(trafik)ni oshirish: SEO asoslari va taqiqlangan texnikasi

SEO bu nima?

SEO  – bu Search Engina Optizimation” so’zining abbrevaturasi (qisqartmasi) bo’lib, “Qidiruvni optimallashtirish” degan ma’noni anglatadi. Qidiruv tizimlar barcha onlayn resurslarni skanerlashtiradi va ularni  ayrim qonun-qoidalarga ko’ra o’z bazasiga oladi ya’ni indekslaydi..

Qidiruv mexanizmini optimallashtirish saytni qidirish tizimlariga yaxshi ko’rsatish uchun amalga oshiriladi. (Buni bitta qizga yoqish uchun harakat qilgan yigitga o’xshatish mumkin).  Qidiruv natijalarida ko’pincha yuqori o’rinlardan eng yaxshi eng ishonchli tizimlar o’rin oladi. Barcha foydalanuvchilarning deyarli 99% foizi qidiruv tizimida istalgan qidiruv natijasidan faqatgina birinchi sahifada chiqgan eng tepadan uchta saytga qadam bosadi. Kamdan-kam holatlarda qolgan sahifalarga o’tishlari mumkin.

Saytni ishga tushirgandan so’ng, sizning birinchi vazifangiz uni birinchi sahifada yoki yaxshi natijalarga erishish uchun faol ravishda ilgari surishdir. Buni qilish oson emas. Chunki anchagina kuchli raqobatchilaringiz bo’lishi mumkin. Biz qidirish mexanizmini rivojlantirish asoslari haqida gapiramiz va qidirish mexanizmlari qidiruv natijalaridan saytni olib tashlab, uni “qora” ro’yxatga tiqishi mumkin bo’lgan holatlarni aytib o’tamiz..

SEO asoslari

1. Domen nomini tanlashga e’tiborli bo’ling. Saytning oddiy va eufonik nomi nafaqat tashrif buyuruvchilarni jalb qilish, balki qidiruv tizimlarida ham muhim ahamiyatga ega. Domen nomi sizning shaxsiy brendingiz va faoliyatingiz turini bildirishda juda ajoyib vosita. Misol uchun, “Mario” deb ataladigan pizza pishiradigan kafe uchun sizning domeningiz “pizza” va “Mario” so’zlarinini o’z ichiga olishi kerak: www.pizzamario.uz

2. Sayt va uning har bir sahifasi uchun meta teglar qo’shing – saytning nomi va tavsifi. Ular saytga tashrif buyuruvchilarga ko’rinmaydi, ammo qidiruv tizimlari uchun muhimdir. Kalit so’zlarni kiritganingizga, mavzuga mos kalit so’zi ekanligiga ishonch hosil qiling – bu qidiruv tizimlarining saytingiz mavzusini tezda anglashiga yordam beradi. Aytgancha, asosiy meta teglar qidiruv natijalarida ko’rinadi, shuning uchun ularni jozibador qilish yaxshi bo’lar edi. Axir, ushbu tavsifga asoslanib, foydalanuvchi o’z veb-saytingizga bormoqchi yoki yo’qligini hal qiladi.

3. Resurs mazmunini optimallashtirish:

  • Har bir sahifadagi matn miqdori juda kichik bo’lmasligi kerak, lekin juda katta ham bo’lmasin. O’zbek tilidagi sayt bo’lsa, boshqa saytdan qandaydir maqolani olib ko’chirib qo’ymang. Sababi bu maqolani oldin ham o’qishgan va yana sizning saytingizda ham ko’rishsa, eski maqolalar ekan deb kirmay qo’yishadi. Doim yangi, o’zgacha uslubda maqolalar yozing yoki tarjima qiling..
  • Kalit so’zlar Ular kerak, ular ishlaydi, ular saytingizga tezda qidiruv natijalarida yuqori o’rinlarni olishiga yordam beradi.  SEO matnlari zerikarli, ortiqcha gaplar bilan to’ldirilgan bo’lsa, saytga kiruvchilar bilan xayrlashavering. Faqat qiziqarli va foydali kontent saytingiz foydasi uchun faol ishlaydi.

Demak yuqorida aytganimdek men ham uzun maqola qilmayman, qolganini keyingi maqolalarda davom ettiramiz

 

15
2

Haqida Salohiddin Yoqubov

Web dasturchi, o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi (respublika bo'ylab tarqalgan), OOO "BUXORO DASTURLASH MAKTABI" rahbari