Bosh sahifa / Optimizatsiya / Qidiruv tizimlari / “Yandex” kompaniyasi tarixi. Qiziqarli faktlar

“Yandex” kompaniyasi tarixi. Qiziqarli faktlar

6
2

Yandex” – Rossiyaning Internetdagi va Internet-portalda qidirish tizimiga ega bo’lgan IT-sohasidagi eng katta kompaniyasidir. Yandeksning  tarixi 1980-yillar oxirida boshlangan. Yandex – keyinchalik CompTekning bir qismi bo’lgan Arcadia kompaniyasida qidirish texnologiyalarini rivojlantirish bilan ish boshlagan. Ishlab chiquvchilar bir qancha qidiruv tizimlarini ishlab chiqishdi. Bu tizimlar hatto  rus tili morfologiyasining asosi bo’lgan Muqaddas Bibliya kitobini  ham o’z ichiga olgan edi.  Qidiruv texnologiyasi “Yandex” deb ataladi.

Yandex
Yandex

1993-yil Birinchi  “Yandex” nomli qidiruv tizimi paydo bo’ldi. 1995-yilda sayt yaratuvchilari uni internetga o’rnatishdi.  1996 – yil bu qidiruv tizimini takomillashtirish bosqichi amalga oshirildi. Yandex  internetga rus tilini kiritgan birinchi qidiruv tizimi bo’ldi.

“Yandex.ru” qidiruv tizimining rasmiy taqdimot qilingan kuni-1997 yil 23 sentyabr bo’ldi. Shu kuni tizim Moskvadagi Softool ko’rgazmasida e’lon qilindi. 1997 – yilda  “Yandex” o’z  tarkibiga rus tili morfologiyasini, qidiruv so’zi berilganda so’z o’rtasidagi masofani hisobga olmagan holda kerakli natijani topishni yo’lga qo’ydi.

1998 – yil  “Yandex.ru”ning birinchi  foydalanuvchilar talabiga mos reklamasi namoyish etildi . Bu reklama foydalanuvchilar savoliga  javob bo’luvchi yagona vositaga aylandi va kompaniyanig asosiy biznes modeliga aylandi.

“Yandex” kompaniyasi 2000 yilda tashkil etilgan. Uning ta’sischilari CompTek aksiyadorlari hisoblanadi. “Ru-Net Holdings” kompaniyasi Yandex kompaniyasiga 5 mln. AQSh dollaridan ko’proq sarmoya kiritdi, uning ulushi taxminan 35% ni tashkil etdi. Aksiyadorlar qatorida “Yandex” kompaniyasining menejerlari va qidirish tizimining yetakchi ishlab chiquvchilari ham bor edi. Kompaniyaning bosh direktori Arkadiy Voloz edi. Ilya Segalovich kompaniyaning texnologiya va rivojlanish bo’yicha direktori edi. “Yandex” jamoasi 25 kishini tashkil qilgan va barcha ma’lumotlar bitta serverga joylashtirilgan. 2002-yildan boshlab kompaniya o’z xarajatlarini o’zi qoplay boshladi.

Yandex 2001 yilda Yandex.Directni ochdi. Yandex.Direct  reklamani avtomatik joylashtirish tizimi. Yandex.Direct  yordamida har qanday foydalanuvchi o’z reklamasini to’g’ridan to’g’ri vositachilarsiz  qo’shish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yandex.Direct  tizimi orqali  birinchi yildayoq 2500 dan ortiq reklamalar qo’shildi.

2004 – yilda  Yandex foydalanuvchilarga bloglar va forumlar haqidagi fikrlarini bildirishga imkon beruvchi maxsus xizmatni ochdi. Xuddi shu yili, qidiruv tizimi, shahar manzilini yoki turar-joy nomini qidiruvchilarning so’rovlariga asosan xarita orqali chiqarishni boshladi.

 

2006 – yilda  “Yandex xarita” geografik xizmati  Rossiya  poyxtaxti  Moskvadagi yo’l tirbandliklari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan to’ldirilgan edi.Yandex 2008 yilda o’z xizmatlarini oshirish maqsadida “SMILink” IA (Rossiyaning yo’llarida tirbandlik haqida ma’lumotni qayta ishlaydigan va taqdim etgan kompaniya) va 2010 yilda “GIS Technology” (kartografiya dasturini ishlab chiqqan kompaniya) ni sotib oldi.

2005-yilda Yandex Ukrainada vakolatxonasini ochish orqali Rossiyadan tashqariga chiqdi. Ukraina ofisining vazifasi Ukraina  uchun maxsus mo’ljallangan xizmatlar yaratish edi.

2006 yilda Yandeks Sankt-Peterburgdagi birinchi uzoq masofali ofisini ochdi. Hozirda Yandeks ofislari Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Rostov-na-Donu), Ukraina (Kiev, Odessa, Simferopol), Belorussiya, Qozog’iston, AQSh (Kaliforniya) Turkiya va Shveytsariyada mavjud. Ular orasida – ishlab chiqarish idoralari, savdo ofislari va mahsulotlarni mahalliylashtirish uchun mas’ul idoralar.

2007 yilda Yandex Ma’lumotlar tahlili (Ma’lumotni qayta ishlash va tahlil qilish va Internetdan ma’lumotlarni olish sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan bepul ikki yillik kurslar) Maktabini ochdi. 2009-yilda kompaniya avtomatlashtirilgan Matrixnet usulini joriy qildi. Bu esa ko’p faktorli va ko’p kombinatiyali qidiruv berish imkonini yaratdi.

2011- yil may oyida “Yandeks” kompaniyasi Nyu-York fond birjasidagi Nasdaq fondiga dastlabki aksiyalarni joylashtirdi. Yandeks aksiyalari YNDX savdo belgisi ostida sotila boshladi. 2011-yil 20-sentabr kuni “Yandeks” Turkiyadagi portalni ishga tushirdi. Yandex.com.tr saytida siz “Yandex” xizmatlarini turk foydalanuvchilari uchun – Qidiruv, Xaritalar, Pochta va boshqalarni toppish imkonini berdi.

2012-yilda “Yandex” o’z dizaynerlik brauzerini chiqardi. Mahsulot Rossiya, Ukraina va Turkiya uchun mahalliylashtirilgan.

2013-yil 18-iyun. Yandex iPad va smartfonlar uchun mobil brauzerni chiqardi

Yandex o’z qidirish va multimediya texnologiyalarini, mobil xizmatlarni va ilovalarni yaratadi. Ulardan biri “Yandeks.Money” tizimi. 2013 yil o’rtalariga kelib, xizmat 14 milliondan ortiq hisob qaydnomasini ro’yxatdan o’tkazgan, 9000 dan ortiq yangi hisob kunlik va 120 mingdan ortiq operatsiyalarni amalga oshirgan. “Yandeks.Money” uchun to’lovni Rossiya, Ukraina, Qozog’iston va Belorussiyadan 20 mingdan ziyod onlayn-do’konlari qabul qiladi.

2012 yil 25 may kuni “Vedomosti” gazetasi “Yandex” internet-portali tomoshabinlarining soni birinchi bor birinchi kanal tomoshabinlar sonidan oshganini xabar qildi. TNS analitik kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, aprel oyida “Yandeks” ga 19,1 million kishi tashrif buyurgan va 18,2 million tomoshabin “Channel One” ni tomosha qilgan.

2013-yil 7-fevralda Yandex rus qidiruv tizimi “Microsoft” ning qidiruv xizmatidan va Google, Baidu va Yahoo qidiruv tizimlaridan faqatgina ikkinchi o’rinda turadigan so’rovlar soni bo’yicha dunyodagi to’rtinchi o’rinni egalladi.

Rossiya bozorida Yandex qidiruvining ulushi 61,6% ni tashkil etadi (LiveInternet, iyun 2013). Portalning xalqaro auditoriyasi 93,1 mln. Kishi (comScore, may, 2013).

US GAAP hisob-kitobi bo’yicha “Yandex” kompaniyasining sof foydasi 2013 yilning I choragida 79 foizga oshdi – 2012 yilning shu davriga nisbatan 2,246 mlrd.rubl. Yandeksning sof foydasi (shu jumladan, kompaniyaning aksiyalaridan tushgan daromadlar) 60% ga oshdi – 2,41 mlrd.rubl. Kompaniya daromadi 2013 yilning birinchi choragida 36% ga oshdi – 7,999 mlrd rublni tashkil qildi. Hisobot davrida tuzilgan EBITDA ko’rsatkichi 47% ga oshdi va 3.504 mlrd rublni tashkil etdi.

6
2

Haqida Salohiddin Yoqubov

Web dasturchi, o'nlab muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi (respublika bo'ylab tarqalgan), OOO "BUXORO DASTURLASH MAKTABI" rahbari