CMS WordPress – CMS sistemalar oilasiga mansub yangi avlod CMS sistemasi hisoblanadi. Bu sistema hozirda dunyoda boshqaruv jihatidan eng qulay sistemalardan biri bo’lib qolmoqda.
CMS WordPress’ni localhost [denwer]ga o’rnatish quyidagicha.
Скачать WordPress 4.5.2Ushbu qismdan WordPress’ni yuklab olamiz va C:\WebServers\home\localhost\www manziliga kirib yangi papka yaratamiz va nomini wordress deb nomlaymiz. (Agarda siz localhost’ni qanday o’rnatishni o’qimagan bo’lsangiz http://bats.uz/foydali/foydali-maqolalar-foydali-maqolalar/localhost-hosil-qilish-uchun-denwerni-kompyuterga-ornatish.html darsini o’rganing) Yuklab olgan wordpress-4.5.2-ru_RU.zip faylimizni wordpress papkasiga ochamiz va C:\WebServers\denwer manziliga kirib Restart faylini ustiga ikki marotaba bosib, denwer’ni qayta ishga tushuramiz. Shundan so’ng o’zimiz xoxlagan sevimli brauzerimiz[Opera, Chrome, Mozilla, Internet Explorer va hokazo]lardan biriga kirib http://localhost/wordpress manzilini kiritamiz. Shunda bizga quyidagicha WordPress’ning o’rnatilish oynasi aks etadi.
«Вперёд» tugmasini bosamiz.
Ushbu qismda localhost’ga WordPress’ni o’rnatish keltirib o’tilgan. ESLATMA: Real serverlar yoki xosting’da boshqacha bo’lishi mumkin. MySQL baza ma’lumotlarini kiritganingizdan so’ng «Отправить» tugmasini bosasiz.
Shundan so’ng «Запустить установку». knopkasini bosamiz.
Quyidagi qismda sayt nomi, admin login va admin panel qismga kiriladigan parolni kiritishingiz mumkin.
quyidagicha oyna chiqsa demak sizda barchasi muvaffaqiyatli amalga oshgan.
Keyingi darslarda WordPressda sayt yaratishni batafsil davom ettiramiz.